Bo‘stonliqdagi yerni $3 mlnga sotayotgan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi ushlandi
3-sahifa
−
16 aprel 2022
12791Kecha, 15 aprel kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi yer maydonini 3 mln AQSH dollariga sotishga uringan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi va uning sheriklari ushlandi.Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumani hokimining tegishli qarori bilan “M.B.B.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 30 mln AQSH dollari miqdorida investitsion loyihani amalga oshirish sharti bilan maktabgacha ta’lim muassasasi va savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi uchun 40 gektar yer maydoni ajratilgan.
Biroq, MCHJ mansabdor shaxslari bugungi kunga qadar ushbu yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirmasdan Elmurod ismli shaxs orqali 3 mln AQSH dollariga sotayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan va tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, 40 gektar yer maydoniga egalik huquqi bo‘lmagan to‘rt nafar tadbirkor hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi fuqaro D.A.ga 3 mln AQSH dollari evaziga sotishga kelishib, oldindan 180 ming AQSH dollarini avans sifatida olgan vaqtida ushlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda
LiveBarchasi