Bo‘stonliqda 56 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Oqtosh qishlog‘i hududida 53 tup ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy kesilganligi haqida xabar tarqaldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bo‘stonliq tumani inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. 

Natijada hududda o‘sish holatida bo‘lgan jami 56 tup, shundan, 53 tup shumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil do‘lana daraxtlari noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. 

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, noma’lum shaxclarning g‘ayriqonuniy hatti-harrakatlari natijasida o‘simlik dunyosiga 288 mln 792 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Bosh prokuratura Mabuot xizmati xabariga ko‘ra, Oqtosh qishlog‘i hududida ko‘p yillik daraxtlar noqonuniy kesilgani (O‘simlik dunyosiga 288 mln.so‘m zarar yetkazilgan) holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing