Bo‘stonliqda 4 erkak qo‘shni ayolni zo‘rladi
3-sahifa
−
15 fevral 2023
39524Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi ayol 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani, ular ayolning qo‘shnisi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Erkaklar ayolga kuch ishlatib, uni do‘pposlagan. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Uning qayd etishicha, voqea 2022 yilning dekabr oyida sodir bo‘lgan.
28 dekabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida yashovchi 39 yoshli ayol zo‘rlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 118 (Nomusga tegish) va 119-modda (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish)lar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida 4 (to‘rt) nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayoni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi