Bo‘stonliqda 10 gektar yerni qariyb 2 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Jamiyat

image

Bo‘stonliqda 10 gektar yerni qariyb 2 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Ular, aytilgan pulning 50 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida IIV xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 19 aprel kuni fuqaro S.X. va X.S Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilgan. Ular o‘z arizasida “Muhammadjon” ismli shaxs, Bo‘stonliq tumani “Navobod” mahallasi hududida joylashgan “AL-INOBAT” MCHJga tegishli oromgoh va baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun – Bo‘stonliq tuman hokimining 2017 yil 25 oktyabrdagi 620-son qarori bilan investitsiya kiritish sharti bilan ajratilgan 10 gektar yer maydonini 1 mln 900 ming AQSH dollariga hokimlik orqali hujjatlashtirib berish sharti bilan sotmoqchi ekanligini, hozirda esa aytilgan pulning 50 ming AQSH dollari berishini talab qilayotganini ma’lum qilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 23 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda P.P., N.M., S.V., T.A., Sh.K. hamda D.A. Toshkent shahar Chilonzor tumani, 4-mavze 65-uy oldidagi avtoturargohda nazoratdagi ariza mualliflaridan S.X. va X.S.dan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing