Burj al-Xalifa aylana bino bilan o‘rab olinishi mumkin
Olam
−
18 noyabr 2022
9980Dubayda “Znera Space” arxitektura firmasi 550 metr balandlikda dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa atrofida o‘ralgan, halqa shaklidagi ulkan besh qavatli inshoot loyihasini taklif qildi. “Downtown Circle” nomi bilan tanilgan konsepsiya zamonaviy arxitekturaning eng noyob binosi bo‘lishi kutilmoqda.
Bu loyiha “Znera Space” bosh arxitektorlari Najmus Choudri va Nils Remess tomonidan ishlab chiqilgan.
“Biz bu loyiha orqali shahar markazida mikroiqlim yaratishimiz, haroratni nazorat qilishimiz mumkin. Vertikal ustunlarda shahar havosini tozalovchi texnologiyalarni joylashtirish orqali ulardan samarali foydalanish rejalashtirilmoqda. Shift qismi to‘liq quyosh panellaridan iborat bo‘ladi. Men uni katta samolyot sifatida tasavvur qilaman”, deydi arxitektor Choudri jurnalistlarga bergan intervyusida.
Loyihada, halqa binoning uzunligi uch kilometrdan oshishi rejalashtirilgan. Gorizontal kenglikka ega aylanma binoni beshta ulkan ustun ko‘tarib turadi. Bu ustunlar orqali yuk ko‘taruvchanlik hamda zilzilabardoshlik ta’minlanadi. Ustunlarning asoslari bo‘sh hududlarda joylashgan bo‘lib, ular qo‘shimcha maqsadlarga uchun ham xizmat qiladi.
“Downtown Circle” binosini elektr energiyasi to‘laqonli ekologik – quyosh energiyasidan olinadi. Shuningdek, loyiha konsepsiyaning bir qismi sifatida inshootning pastki qismida osilgan elektr tramvay tizimini o‘z ichiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, mavjud muammolarga to‘la shahar o‘z o‘rnida qolib, poytaxtgada yondosh bo‘lgan “toza” hududda “Yangi Toshkent”ni qurish rejalashtirilmoqda. Shahar poytaxtning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etiladi. 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi