Burak O‘zchivitning o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilindimi?

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 14 aprel kuni turkiyalik taniqli aktyor Burak O‘zchivit o‘g‘illi bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Rambler.ru saytida aktyor Burak O‘zchivitning o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilingani va aktyor o‘g‘li nomidan bu uyni mamnuniyat bilan qabul qilib olgani haqida xabar bermoqda.

Bu haqda o‘zbek mediasi ham haqiqatdan yiroq xabarlar tarqatishni boshladi. Unda qayd etilishicha, Burak O‘zchivitga uy Toshkentning “Olmazor city” hududida barpo etilayotgan "Bizning uylar development” tomonidan hadya qilingan.

QALAMPIR.UZ tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida "Bizning uylar development” ma’muriyati bilan bog‘landi. Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, xabarlar asossiz. Na Burak O‘zchivit va na uning o‘g‘liga Toshkentdan uy sovg‘a qilinmagan.

Ma’lumot o‘rnida, turk aktyori bundan ikki oy avval Toshkentga kelib, “Bizning uylar development”ning sotuv ofisi ochilishida va uylar reklamasida ishtirok etgan edi. Buning uchun u 376 ming 258 AQSH dollari miqdorila gonorar olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing