Buxoroda 5 ming dollar evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Buxoro shahrida fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.O. fuqaro H.ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari orqali davlat tomonidan ajratilgan kvotalar asosida Koreya davlatiga ishlashga yuborishga va’da berib, 5 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing