Bunday nomardliklar qachongacha davom etadi? 

Jamiyat

image

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabarida aytilishicha, Andijon viloyati Asaka tumani hokimligi “Qishloq Qurilish Invest” injiring kompaniyasi Andijon filiali direktori nomiga joriy yilning 7 yanvarida xat yuboradi.

Xatda Asaka tumani “Xumo” ko‘chasida va “Amir Temur” mavzesidagi 2 ta to‘rt qavatli uy-joy binosini qurilishi uchun tavsiya qilingan “Shaxrixon Yulduzi” MCHJ va “Sapfir Bo‘stoni” MCHJ o‘rniga “Moxir me’mor quruvchi” MCHJ va “Ideal Bunyodkor” MCHJni bosh pudratchi sifatida almashtirish so‘ralgan va bu bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan.

Yana bir holat Qashqadaryo viloyatida ko‘rib chiqildi. Unda Dehqonobod tumani hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga joriy yilning 13 aprelida yo‘llagan xatida dolomit qazib olish uchun “KVARTS” AJ geologik qidiruv ishlarini olib borishlari uchun litsenziya olish bo‘yicha tanlovda g‘olib chiqqan taqdirda ham, Dehqonobod tumanida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganidan keyin, yer ajratilishi to‘g‘risida kafolat xati berilishi “KVARTS” AJ ga ortiqcha, kamsituvchi shartlarni qo‘yilishga olib kelgan.

Bugungi kunga kelib, Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikaning 56 ta shahar va tumanida o‘rganishlar o‘tkazilib, 218 ta holatda mahalliy hokimliklar tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilingani hamda raqobatni cheklovchi xatti- harakatlarni sodir etish alomatlari aniqlangan.

Natijada 37 ta shahar va tuman xokimliklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini buzish alomatlari bo‘yicha ishlar yurituvga olinib, Maxsus komissiyalarda ko‘rib chiqildi, tegishli taqdimnomalar kiritildi, raqobatni cheklashga olib kelgan 10 ta hujjat bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing