“Bunaqa yer vodiyda ham yo‘q”. Prezident Chinozdagi yerlar bo‘sh turganini tanqid qildi
Jamiyat
−
22 mart 2021
7329O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Toshkent viloyati Chinoz tumaniga tashrifi ham o‘rin oldi. Unda Shavkat Mirziyoyev tumanda yer ham, suv ham, ishlaydigan odamlarga sharoit yaratib berish kerakligini ta’kidladi.
“Misol uchun, Arnasoyda odam yo‘q, yer bor. Chinozda esa 136 ming odam turibdi, yer turibdi, suv turibdi. Hamma narsa bor, ishlaydigan odam yo‘q. Bunaqa yer qayerda bor, Namanganda bormi? Vodiyda yo‘q. Toshkent viloyatida yer bilan suvni joy-joyiga qo‘ysak bo‘ldi, qolgan hamma narsa bo‘ladi”, deydi Prezident.
Lavhada ta’kidlanishicha, bunday yerlarni yana hayotga qaytarish hukumatning qishloq xo‘jaligi kompleksi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa hisoblanadi.
“1000 gektar yerning bitta tadbirkor egasini topsa bo‘lar ekan-ku. Bu yerda 1000 nafar ishchini bemalol ish bilan ta’minlasa bo‘ladi. Bularda 10 ming odam ishsiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi