Bumble asoschisi dunyoning eng yosh milliarder ayoliga aylandi 

Olam

image

Bumble tanishuv xizmatining rahbari va asoschisi, 31 yoshli Uitni Vulf Xyord o‘z boyligini mustaqil to‘plagan dunyodagi eng yosh milliarder ayolga aylandi. Bu haqda "Forbes" xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 11 fevral kuni Bumble IPO (ilk ommaviy taklif - tahr.) o‘tkazgan. Unda aksiyalar narxi belgilangan 37-39 dollardan emas, 76 dollardan sotilgan. Ushbu narxdan kelib chiqqan holda, Uitni Vulf Xyordning ulushi 1,6 milliard dollarni tashkil etgan, shuningdek, Xyord 21,54 million aksiyaga egalik qiladi (kompaniyaning 11,6 foizi). 

Bumble gadjetlar do‘konlarida sotilganidan buyon AQSHda eng tez rivojlanayotgan tanishuv dasturlaridan biriga aylandi. 

Kompaniyaning muvaffaqiyati tufayli Xyord Forbes'ning "AQSHning 2020 yildagi eng muvaffaqiyatli tadbirkor ayollari va rahbarlari" ro‘yxatiga kiritilgan. 

Xyord, shuningdek, "30 dan 30 gacha" mukofoti laureati hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bumble

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar