Bulutli ob-havo hafta davomida saqlanib turadimi?

Bu qiziq

image

Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo bulutli, quruq va iliq bo‘lishi kutimloqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Kun davomida Qoraqalpog‘istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatiladi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunning o‘rtasiga kelib, 24-29 darajani tashkil etadi.

Toshkent viloyatida kechasi va ertaga ertalab, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kunning birinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 14-19 darajani, kunduzi 24-29 darajani tashkil etadi.

13-15 aprelda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxiriga kelib, harorat me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqor bo‘ladi va kechalari 14-19 daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

435

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing