Buxorolik yigit isinib olish uchun avtomobil o‘g‘irladi
3-sahifa
−
25 noyabr 2020 5623 1 daqiqa
Buxoro shahrida 28 yashar mast holatdagi erkak isinib olish uchun birovning avtomobilini o‘g‘irlab, so‘ng uni ko‘chaga tashlab ketdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kuni kecha shaharning Ahmad Yassaviy ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi oq rangli Cobalt rusumli avtomobil o‘g‘irlab ketilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu jinoyatni Buxoro shaharida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgan. Avtomobil Buxoro shahar Gulshan ko‘chasida qoldirib ketilgan.
“O‘sha kuni mast holatda edim. Havo juda sovuq bo‘lgani uchun isinib olish maqsadida duch kelgan bir mashinaga o‘tirdim va boshqarib ketdim. Mashinani biroz haydaganimdan so‘ng, isinib olgach, mashinani ko‘chaga tashlab ketdim”, deydi gumonlanuvchi shaxs.
Unga nisbatan Buxoro IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dinara Yusupova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr