Buxorolik talaba o‘g‘rilik bilan qo‘lga olindi
3-sahifa
−
02 dekabr 2022
8845Buxoro viloyatida 18 yoshli talaba o‘g‘rilikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
“Joriy yilning 2 noyabr kunidan 16 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaroning xonadoniga o‘g‘rilikka tushgan. U yashash xonadonida bo‘lgan umumiy bahosi 12 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumanida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro B.U. sodir etgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u Buxoro davlat universitetining 1-bosqich talabasi.
Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi