Prezident Buxoro viloyati bo‘yicha shoshilinch farmoyish imzoladi

Jamiyat

image

“Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

2020 yilning 27-28 aprel kunlari Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga har tomonlama tezkor yordam ko‘rsatish maqsadida:

Hukumat komissiyasi tashkil etildi va unga quyidagi vazifalar yuklatildi:

•    yetkazilgan zarar va yo‘qotishlar miqdorini aniqlash va baholash;

•    fuqarolarga vaqtincha turar joy, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va boshqa yordamlar ko‘rsatish;

•    ijtimoiy-iqtisodiy, muhandislik, transport va energetika infratuzilmasini va boshqa hayotiy muhim ob’ektlar va tizimlarni ishchanlik holatiga keltirish;

•    qurilish-tiklash ishlariga zarur bo‘ladigan qurilish materiallarini miqdorini aniqlash va ularni yetkazish;

•    qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zararni va yo‘qotishlar o‘rnini qoplash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tiklash;

•    qisqa muddatlarda nobud bo‘lgan g‘alla va paxta maydonlariga boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekish;

•    Hukumat komissiyasi 3 kun muddatda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.

Yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga davlat byudjetidan 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan zarar yetgan g‘o‘za maydonlariga qilingan xarajatlar va g‘alladan olinmaydigan hosil o‘rnini qoplash choralari ko‘riladi.

10 kun muddatda Olot tumani aholisiga qulay shart-sharoitlar yaratish, tuman markazini yana obod qilish maqsadida ko‘p qavatli uy-joylar, madaniy-maishiy hamda boshqa ijtimoiy ob’ektlar qurish bo‘yicha taklif ishlab chiqiladi.

2 hafta muddatda Olot va Qorako‘l tumanlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan taklif ishlab chiqiladi.

Barcha chora-tadbirlar koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan joriy qilingan karantin tartib-qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

462

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing