Buxorodan Toshkentga kelayotgan poyezd manzilga yetmay to‘xtab qoldi
Jamiyat
−
14 noyabr 2020 37503 1 daqiqa
Joriy yilning 14 noyabr kuni Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” poyezdi manzilga yetmasdan to‘xtadi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari” Matbuot xizmati xabar berdi.
Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 765-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi texnik nosozlik sabab, soat 08:11 da “Baxt” stansiyasida to‘xtagan. Poyezd 1 soatdan ortiq vaqt davomida stansiyada to‘xtab turgan.
Nosozlikni bartaraf qilish choralari ko‘rilgandan so‘ng, shu kuni soat 09:50 da “Afrosiyob” elektropoyezdi o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettirgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llar” AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Dinara Yusupova
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28