Buxorodagi to‘y kortejida yuk mashinalari ham qatnashdi (video)
Jamiyat
−
15 dekabr 2022 10214 1 daqiqa
Buxoro viloyatidagi to‘y kortejida yuk avtomobillari bilan qatnashgan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar qo‘llandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kortej viloyatning Buxoro tumanidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega serqatnov yo‘lda guruh-guruh bo‘lib harakatlangan. Natijada qoidalarni buzib, boshqa avtomobillarning harakatlanishiga halal bergan.
Aytilishicha, to‘y fura avtomobili boshqaradigan aka-ukalarning kenjasiniki bo‘lgan. Shuning uchun ular marosimni o‘ziga xos esda qolarli tarzda o‘tkazishni xohlagan.
“Noto‘g‘ri ish qilyapmiz deb o‘ylamagandim. Biz furachimiz, ukamiz ham furachi. Boshqalar biz qilgan xatoni takrorlamaslikni maslahat beramiz”, deb harakatini izohlagan qoidabuzar haydovchi.
Qoidabuzar haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan va transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Sohiba Komilovna
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr