Buxoroda “zapravka” amaldorlari deyarli 12 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Buxoroda qariyb 12 milliard so‘mga yaqin tabiiy gazni talon-taroj qilgan avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari (AGQKSH) mansabdorlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 fevral kuni “Hududgaz Buxoro” hamda metrologiya xizmati mutaxassislari hamkorligi asosida viloyatdagi ayrim AGQKSHda o‘rganishlar olib borilgan. O‘rganishlar davomida “S.O.F.” xususiy korxonasiga qarashli 3 ta AGQKSHda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 11 milliard 847 million 744 ming so‘m zarar yetkazilgan. Oqibatda tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.

To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, “S.O.F” xususiy korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik jinoyati alomatlari mavjudligi aniqlangan. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumanidagi xususiy korxona mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing