Buxoroda yuk mashinasi yo‘l chetida turgan odamni bosib ketdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida mashinasini yo‘l chetida to‘xtatib, uni ko‘zdan kechirayotgan haydovchini yuk mashinasi bosib ketdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi. 

Ma’lum qilinishicha, Lacetti haydovchisi mashinasini ko‘zdan kechirish uchun yo‘l chetida to‘xtagan. U ehtiyotsizligi oqibatida yo‘lning qatnov qismiga chiqib qolgan. Shu vaqtda uni ISUZU rusumli yuk mashinasi uni bosib ketgan. Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. 

“Men Xorazmdan Buxoro tomon harakatlanib kelayotgan edim. Lacetti’ga yaqin kelib qolganim uchun mashinani to‘xtatolmadim. U odamni oyoq qismidan bosib o‘tdim. 10-15 metrcha yurganimdan so‘ng ortimga qaytdim”, deydi yuk mashina haydovchisi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing