Buxoroda transport boshqarmasi xodimi $350 bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
06 iyun 2022
5819Buxoro shahrida transport boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Buxoro viloyati Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Q. 9 ta avtotransport vositalariga yo‘lovchi tashish uchun litsenziya olib berish evaziga tadbirkor O.dan 350 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi