Buxoroda rahbarlarini qo‘rqitib, 30 ming dollar talab qilgan ishchilar ushlandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida korxona rahbarlarini qo‘rqitib, 30 ming AQSH dollari talab qilgan ishchilar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “K.” AJ ishchilari Sh.Sh., B.A. va O.X. lar oldindan til biriktirib, jamiyat direktori va bosh hisobchisini go‘yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilib, noqonuniy hatti-harakatlar sodir etganligi aks etgan video yozuvlarni internet tarmoqlarida tarqatish va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qo‘rqitgan. 

Ushbu harakatlarini amalga oshirmaslik evaziga ulardan tovlamachilik yo‘li bilan 30 ming AQSH dollari talab qilib, kimyoviy ishlov berilgan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Sh., B.A. va O.X. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing