Buxoroda nodavlat OTM tashkil etiladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining Buxoro psixologiya va xorijiy tillar universitetini tashkil etishga doir qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasida mazkur OTM “Buxoro psixologiya va xorijiy tillar universiteti” mas’uliyati cheklangan jamiyati muassisligida tashkil etilishi ko‘rsatilgan.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

•    Universitetda O‘zbekiston va dunyoning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining innovatsion dasturlarini joriy etish;
•    respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash;
•    xorij va O‘zbekistonning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-amaliy psixologiya maktablari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
•    o‘quv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish;
•    ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini jalb qilish;
•    ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
•    professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash,
•    shu jumladan ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;
•    aholining turli qatlamlariga va mehnat jamoalariga shartnomalar asosida psixologik xizmatlar ko‘rsatish.
•    Universitetga har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 foizdan kam bo‘lmagan abituriyentlar o‘qishga qabul qilinadi.

Universitet Buxoro viloyati Kogon tumanida tashkil etiladi va u nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda to‘lov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Muassis tomonidan tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda litsenziya berilganidan so‘ng boshlanadi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing