Buxoroda mast ota o‘zining 17 yoshli o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

2021 yilning 30 dekabr kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida mast holatda uyiga kelgan ota o‘zining 17 yoshli o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea 30 dekabr kuni soat 18:30 larda G‘ijduvon tumani “Denov” mahallasida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni mazkur mahallada yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan S.Z. mast holatda uyiga kelgan. Uyida 2004 yilda tug‘ilgan o‘g‘li U.N. bilan janjallashib qolgan va uning qorin sohasiga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda 17 yoshli U.N. ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, olgan og‘ir tan jarohati tufayli tuman shifoxonasida vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan G‘ijduvon tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing