Buxoroda maktab direktori 8-sinf qizni kaltakladi
Jamiyat
−
22 may 2022
17542Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda 8-sinf o‘quvchisining otasi qizini maktab direktori kaltaklaganini aytgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holatga Buxoro viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan ishchi guruh tuzilib, tegishli tashkilotlar va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganishlar jarayonida 8-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchi qiz maktabning “Odob-axloq qoidalari”ga rioya qilmaganligi sababli maktab direktori uni jazolash maqsadida kaltaklaganligi aniqlangan.
O‘z vazifasini bajarishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygan, o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatishga uringan maktab direktorining xatti-harakatlari yuzasidan Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha tegishli qonuniy choralarni ko‘radi”, deyiladi munosabatda
LiveBarchasi