Buxoroda kadastr muhandisi va hokimlik xodimi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
21 yanvar 2022
8619Buxoroda fuqaroga 50 gektar yer maydoni olib berish evaziga 600 AQSH dollari va 1,5 mln so‘m olgan muhandis va bosh mutaxassis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat kadastrlari palatasining Kogon tumani filiali muhandisi F.X. va tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.R. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, zaxiradagi yer maydonidan 50 gektarini ajratib berishni va’da qilgan. Buning evaziga ular fuqarodan 600 AQSH dollari va 1,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.
LiveBarchasi