Buxoroda qulagan qal’a devorini tiklashga 1 mlrd ajratildi
Jamiyat
−
15 mart 2022
4605Xabaringiz bor, joriy yilning 11 mart kuni kechki payt Buxoro shahridagi “Talipoch qal’a darvozasi” chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi qulab tushgan edi. Mazkur devor va qal’a darvozasini ta’mirlash uchun Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘m ajratildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur ob’ektni ta’mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning mart oyida tasdiqlangan “2022 yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlarining Manzilli ro‘yxati”ga asosan mazkur ob’ektni ta’mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, XVI asrga tegishli “Talipoch qal’a darvozasi” 2003 yilda qayta tiklangan. O‘tgan yillar davomida qal’a atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning cho‘kishi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo bo‘lishi hamda joriy yilning mart oyida kuzatilgan doimiy yog‘ingarchilik devorning cho‘kishi va qulab tushishiga olib kelgan.
LiveBarchasi