Buxoroda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilayotgani aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 fevral kuni Buxoroning G‘ijduvon tumanida noqonuniy yog‘ ishlab chiqaruvchi sex aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Sho‘rchi”mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan shaxs qurilishi tugallanmagan binoda noqonuniy tarzda yuqori kuchlanishli elektr tokiga ulanib, moyjuvoz uskunalarini o‘rnatib, ishlatayotgani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, fuqaro moyjuvozdan iste’molga yaroqsiz moy ishlab chiqargan. Voqea joyida 3 dona moyjuvoz uskunasi, 250 litr paxta yog‘i, 1680 kg kunjara yem mahsuloti va 27,02 kg chigit borligi aniqlangan.

“Mahsulotlar tekshirish uchun Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan rasmiylashtirib olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing