Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Peshku tumanida ikki qiz o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 1 yanvar kuni soat 07:40 larda Peshku tumani “Hurram” MFY, “Kate” qishlog‘ida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan ayol yashayotgan uyida o‘zini osishi oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan S.R.ning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, muqaddam biron-marotoba o‘z joniga suiiqasd qilmaganligini, uning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan biron-bir shaxsga da’vo e’tirozlari yo‘qligini bayon qilgan. S.R. nima sababdan o‘zini osganligi ma’lum emas.

Shuningdek, ayni shu Buxoro viloyati Peshku tumanida yana bir ayol yangi yil arafasida o‘zini osib qo‘ygan. 2022 yil 30 dekabr kuni soat 15:18 larda “Peshku” MFY, “Peshku” qishlog‘ida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan D.M. ham yashayotgan uyida o‘zini osishi natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda, muqaddam biron marotoba o‘z joniga suiiqasd qilmaganligi aniqlangan. Uning yaqin qarindoshlari o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan biron-bir shaxsga da’vo e’tirozlari yo‘qligini bayon qildgan. Nima sababdan osganligi hozircha noma’lum.

Mazkur holatlar yuzasidan S.R. va D.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Peshku tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing