Buxoroda g‘ozlar o‘ldirilib, yo‘l bo‘yiga osib ketildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida yovvoyi g‘ozlar o‘ldirilib, yo‘l bo‘yiga osib qo‘yilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ekologiya boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 23 dekabr kuni Buxoro viloyatida magistral yo‘l yoqasida joylashgan “KEMP” oshxonasi ro‘parasida o‘rdak va g‘ozlar o‘ldirilib, osib ketilgan. 

Qayd etilishicha, ushbu holat 2 nafar noma’lum fuqaro tomonidan sodir etilgan.

Ushbu holat “KEMP” oshxonasi rahbari D.X. tomonidan o‘sha kunning o‘zida bartaraf etilgan.

“Huquqbuzarlarning shaxsiga oydinlik kiritish va amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish uchun viloyat IIBga birlamchi hujjatlar taqdim etildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

519

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing