Buxoroda gaz portlashi oqibatida 4 ta uy yongani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyatining Romiton tumanida gaz balloni portlab, 4 ta uy yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi izoh berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 27 avgust kuni soat 00:05 atrofida Romitan tuman “Attaron” MFY Quyimirishkor qishlog‘ida yuz bergan. 

Oqibatda fuqaroga tegishli 1 ta uyning 81 kvadrat metr maydonda tom qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 

Yong‘in soat 01:40 da to‘liq bartaraf etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

298

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing