Buxoroda fuqaro kabutar sabab tanishining mashinasini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida fuqaro kabutar ustidagi kelishmovchilik sabab tanishining mashinasini yoqib yubordi.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 7 fevral kuni soat 2:58da noma’lum shaxs G‘ijduvon tumani “A.Donish” ko‘chasidagi 78-uy oldida turgan 37 yoshli B.F., ga tegishli Lacetti rusumli avtomashinasini yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 173-modasi 2-qismi “b” bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumanida yashovchi 33 yoshli R.A. va 45 yoshli Ya.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, R.A. bir ko‘chada yashovchi jabrlanuvchi B.F. bilan bir necha kun oldin o‘zaro kabutar ustida janjallashganligi, shundan so‘ng shu kuni tanishi Ya.A. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda tungi soat 2:50 larda 42 000 so‘m evaziga 5 litr hajmdagi yelim idishga benzin yoqilg‘isi sotib olib, B.F.,ning uyi oldida turgan avtomashina ustiga yoqilg‘i sepib yoqib yuborganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyati Angren tumanida ham fuqaro 15 ming dollar qarzi sabab bir ayolning mashinasini yoqib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

403

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing