Buxoroda fuqaro hokimdan olgan yerni pullamoqchi bo‘ldi
Jamiyat
−
13 dekabr 2022 6154 1 daqiqa
Buxoro viloyatida yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro tumanida R.X. ismli shaxsga “Bog‘dasht” mahallasi hududidan dastlab tuman hokimining qarori bilan “S.K.R” MCHJga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 1,12 gektar bo‘sh yer maydoni ajratib berilgan. Keyinchalik mazkur qaror tuman hokimi tomonidan bekor qilinib, yer maydoni hokimlik zaxirasiga qaytarilgan.
Shunga qaramasdan, fuqaro hujjatlarni rasmiylashtirish va’dasi bilan berilgan yerni fuqaro G‘. G.ga 120 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan. R.X. kelishilgan puldan 70 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan R.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi