Buxoroda fohishaxona saqlagan ayol ushlandi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2021
34175Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 49 yoshli ayol o‘z uyini 40 ming so‘m evaziga fohishaxonaga aytantirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, profilaktik tadbir davomida Romitan tumani Gazli shahrida ro‘yxatda turib, G‘ijduvon tumani Pamo‘za mahallasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan M.V. ismli ayol o‘zining yashash uyida fohishaxona tashkil qilgan.
U ayol va erkakning jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratib bergan va bu uchun ulardan 40 000 so‘m olgan. Ushbu holat aniqlangach xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan M.V.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi