Buxoroda firibgar talabalar kursdoshini “uxlatdi”
Jamiyat
−
05 dekabr 2022
7827Buxoroda talabalar kursdoshining bank kartasidan 11 million 450 ming so‘m yechib oldi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida istiqomat qiluvchi A.G. ga ijtimoiy tarmoqlar orqali noma’lum foydalanuvchi aloqaga chiqqan. Unga onlayn o‘yinlardan doimiy ravishda foydalanib kelgani uchun yutuqli mablag‘ sovrindori bo‘lgani va pullarni olish uchun ko‘rsatilgan havolaga o‘tishini aytgan. So‘ngra u berilgan havolaga bank karta ma’lumotlarini kiritgan, keyin esa uning kartasidan pullar noma’lum ravishda yechib olingan.
Aytilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxslar uning kursdoshlari ekanligi aniqlangan. Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi