Buxoroda faxriy yorliq olmagan bitiruvchi direktorning ustiga suv sepib yubordi

Jamiyat

image

Bugun, 25 may kuni Buxorodagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami vaqtida maktab direktori ustiga suv sepib yubordi. Bu haqda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur holat  viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan. 

O‘rganishlar jarayonida maktabning 11-sinf bitiruvchisi  o‘tkazilgan tadbir davomida unga faxriy yorliq berilmaganidan norozi bo‘lib, jahl ustida maktab direktorining ustiga suv sepib yuborgani aniqlangan.

“Holat bo‘yicha o‘quvchining ota-onasi bilan farzandining xatti-harakatlari yuzasidan IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beradi va tegishli qonuniy choralarni ko‘radi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing