Buxoroda davlat yerini sotib yuborgan sobiq kadastr mutaxassisi ushlandi
3-sahifa
−
27 mart 2022
6279Buxoroda shahar hokimligi zaxirasidan yerni fuqaroga sotib yuborgan Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi sobiq mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyat boshqarmasi sobiq mutaxassisi S.K. fuqaro N.ning ishonchiga kirib, o‘z xizmat faoliyati davomida Buxoro shahar hokimligi zaxirasidan 1 sotix yer maydonini rasmiylashtirib bergan.
Buning evazigan fuqarodan 2 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, 100 AQSH dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday holat, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIV bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Qayd etilishicha, fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, tuman hududidan 10 sotix yer maydonini ajratib berilishini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.
Yer ajratib berish evaziga 10 000 AQSH talab qilgan va shundan 9 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
LiveBarchasi