Buxoroda Cobalt YPX avtomobili bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Buxorada YTH joyida harakat xavfsizligini ta’minlayotgan patrul avtomobiliga Cobalt to‘qnashib ketdi. Bu haqda Yo‘l xarakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 dekabr kuni Buxoro tumanida Nexia-3 hamda Spark rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Mazkur YTHni rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimi Yo.Haydarov harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Lacetti rusumli xizmat avtomobilini mayoqchalari yoqilgan holda, Nexia-3 avtomobilining orqa tomoniga joylashtirgan.

Xodimlar xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi C.I. e’tiborsizligi sabab boshqaruvidagi Cobalt avtomobilida mayoqchalari yoqilgan holda to‘xtab turgan Lacetti rusumli avtomobilning orqa tomonidan kelib urgan.

Ma’lumot uchun, sodir bo‘lgan YTHlar natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing