Buxoroda erkak xotinini qaynotasining uyida do‘pposladi
3-sahifa
−
30 Sentabr 2021
77912Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida istiqomat qiluvchi erkak turmush o‘rtog‘ini doimiy ravishda qiynoqqa solib, voyaga yetmagan farzandlari yonida uni do‘pposlb kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Buxoro viloyati IIB mazkur holat boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Qorovulbozor tumani Imom Buxoriy mahallasida istiqomat qiluvchi M.M. ismli ayol turmush o‘rtog‘i Buxoro shahar “Gulshan” mahallasida yashovchi A.S. bilan ajrashish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritgan. Bundan xabar topgan A.S. 22 avgust kuni taxminan soat 10:30 larda otasining uyida yashab kelayotgan ayolining yoniga borib, u yerda o‘zaro janjallashib qolib, janjal vaqtida turmush o‘rtog‘i M.M. ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘llari bilan uning boshi, yuzi va tanasining boshqa sohalariga qasddan urgan.
Sudga oid sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, buning oqibatida ayol sog‘lig‘ining qisqa vaqt yomonlashuviga sabab bo‘lgan yengil shikast yetgan.
Holat yuzasidan Qorovulbozor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan A.S. ga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan ayol M.M. ga himoya orderi rasmiylashtirib berilib, hamkor tashkilotlar bilan birga uning muammolari o‘rganilgan holda doimiy ravishda uning holidan xabar olib kelinmoqda.
Dastlabki tergov yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi