Buxoroda 70 yoshli fuqaro qo‘shni ayolni o‘roq bilan o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
26 noyabr 2021 12131 2 daqiqa
Joriy yilning 24 noyabr kuni Buxoro viloyatida fuqaro A.M. qo‘shnisi fuqaro J.M. bilan tortishib qolishi ortidan qo‘lidagi mehnat quroli – o‘roq bilan uning chap ko‘kragiga urib, o‘ldirib qo‘ydi. O‘zaro tortishuvga esa ko‘chada turgan daraxtning kimga tegishli ekani borasida kechgan bahs sabab bo‘lgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 08:30 atrofida viloyatning G‘ijduvon tumani “Gajdumak” mahallasida sodir bo‘lgan. 1951 yilda tug‘ilgan A.M. o‘zi yashab kelayotgan uyining oldida obodonlashtirish ishlarini olib borayotib, daraxtlarni butayotgan vaqtida, qo‘shnisi 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro J.M. uyidan chiqib kelib, butalgan daraxtning o‘ziga tegishli ekanligini iddao qilgan. Shuningdek, u daraxt tanalarini kesganligi uchun qo‘shnisiga e’tiroz bildirgan.
Shu bilan ikki o‘rtada kelib chiqqan kelishmovchilik janjalga aylanib, fuqaro A.M. qo‘lidagi ish quroli – yog‘och dastali o‘roq bilan J.M.ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba qasddan urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohati bilan shu yerning o‘zida vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhuma J.M. o‘tkir sanchib kesuvchi jism ta’sirida chap yelka yuqori orqa yuzasidan chap ko‘krak qafasiga o‘tib, chap o‘pka va yurak chap bo‘lmasiga kirishi oqibatida olgan jarohati ortidan o‘tkir ichki va tashqi qon ketishi sabab vafot etganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan sudga oid tibbiy, kriminalistika hamda biologiya ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr