Buxoroda 69 yoshli otaxonni poyezd urib ketdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tishga harakat qilgan 69 yoshli otaxonni poyezd urib ketdi. Bu haqida “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, buxorolik bu fuqaro temiryo‘ldan doimiy kesib o‘tishga odatlangan. Ana shunday qoidaga zid tarzda yo‘lni kesib o‘tayotgan mash’um kunda “Toshkent-Volgagrad” yo‘nalishi bo‘ylab kelayotgan poyezd  otaxonni urib ketgan va voqea joyida vafot etgan.

Viloyat transport boshqarmasi tomonidan bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida temiryo‘lga yaqin hududlarda yashovchi aholi bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing