Buxoroda 14 yoshli qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan cho‘ponga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Buxoroda voyaga yetmagan, 14 yoshli qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan cho‘pon 3 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati QALAMPIR.uz ga xabar berdi.

Aniqlanishicha, voqea 2020 yilning 14 noyabr kuni soat taxminan 10:00 larda sodir bo‘lgan. Cho‘pon 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizni Qorako‘l tumanidagi fermer xo‘jaligiga olib borib, bir martoba jinsiy aloqada bo‘lgan. Shundan so‘ng, u qizni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, doimiy ravishda u bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.

Oxir-oqibat 2021 yil 21 yanvar kuni holatni onasi M.R.ga aytib bergan. 22 yanvar kuni fuqaro M. R. tuman IIBga holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilib, A.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Holat bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi Qorako‘l tuman sudida ko‘rib chiqilgan va voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilib kelgan 32 yoshli erkakka Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 2-qismi “a” bandi bilan 3 yil qamoq jazosi tayinlangan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

4281

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing