Buxoro viloyati hokimiga vazirlikdan birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Buxoro shahrida Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tyapti. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashyapti.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nozimjon Xolmurodov tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Nozimjon Xolmurodov 1977 yil Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1995 yil Turkiya Respublikasi Gazi universitetini va 2005 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi istisodchi-statist.

Nozimjon Xolmurodov 2018 yil qisqa vaqt davomida Buxoro viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Keyinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi investitsiya jarayonlari va dasturlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri (2018-2019 yy.), 2019 yildan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq, Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Farhod Umarov Vobkent tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Nozimjon Xolmurodov

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar