Buxoro viloyati hokimi yakshanba bo‘lishiga qaramay, 3 tumanda majlis o‘tkazdi
Jamiyat
−
06 fevral 2022
10305Bugun, 6 fevral – haftaning yakshanba kuni Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida viloyat hokimi Botir Zaripov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, bugun dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, Buxoro, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov o‘tkazgan.
Xabarga ko‘ra, Botir Zaripov O‘zbekistonda dam olish kuni deb berilgan, hatto, "kalendar"ga qizil bilan belgilab qo‘yilgan sanada Buxoro tumani Kunjiqal’a mahallasidagi madaniyat markazida hokim yordamchilari hamda mahalla raislari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda tumandagi 36 ta mahallada hokim yordamchilari tomonidan xonadonlarni xatlovdan o‘tkazish, odamlarni tadbirkorlikka o‘rgatish masalalari muhokama qilingan.
Keyin, hokimbuva xuddi shu kabi yig‘ilishni Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida ham o‘tkazgan.
Agar viloyat Matbuot xizmatining rasmiy sahifasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, o‘tgan haftadagi yakshanba ya’ni 30 yanvar kuni ham Qorovulbozor tumanida Botir Zaripovning yig‘ilish o‘tkazganini ko‘rish mumkin.
LiveBarchasi