“Buxoro turizm markazi” boshqa joyda quriladigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Buxoro shahrida “Buxoro turizm markazi” qurilishi masalasi  so‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik shahar markazida qurilish ishlari olib borilishidan norozilik bildirgan.

Shu sababli, Buxoro viloyat hokimligi, vanihoyat, turizm markazini boshqa joyda qurishga qaror qildi.
 
“Bugungi kunda “Buxoro turizm markazi” loyihasi dastlabki bosqichda tayyorlanmoqda. Ushbu loyiha puxta ishlab chiqilgandan so‘ng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan o‘tkaziladi.

Mazkur loyiha bo‘yicha keng jamoatchilik va fuqarolar fikrini inobatga olib, boshqa maqbul yer maydonlari tanlanadi”, deyiladi viloyat hokimligining xabarida. 

Shuningdek, hokimlik UNESCO umumjahon markazining tegishli xulosasi olingandan so‘ng yakuniy qaror qabul qilishga va shundan keyin qurilish ishlarini boshlashga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda bir guruh aholi vakillari Buzoro markaziy stadionining buzib tashlanishiga va uning o‘rnida Turizm markazi qad rostlashiga norozilik bildirib, Prezidentga murojaat bilan chiqqan edi.

Shundan so‘ng Qurilish vaziri Botir Zokirov Buxoroda matbuot anjumani o‘tkazib, Turizm markazi xalq va UNESCO roziligi bilan qurilishini ma’lum qildi.

Bir guruh ekspertlar esa, QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyularida qurilajak turizm markazi mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilishi shatrligini aytib, markaz uchun boshqa joyni tanlashni tavsiya qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing