Buxoro tumani hokimligini bajarib turish Halimjon Safarovga yuklatildi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatining Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Halimjon Salimovich Safarov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 8 avgust kuni Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro tumani hokimi Xayrullo Jo‘rayevni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirgan. Ushbu masala ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan ma’qullangan.

Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib esa Halimjon Salimovich Safarov nomzodini tayinlash to‘g‘risida viloyat hokimining qarori qabul qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, Halimjon Safarov 1973 yil 2 mayda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1995 yilda Buxoro davlat universiteti, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, 2023 yilda Qozon federal universiteti magistraturasini tugatgan.

Halimjon Safarov neftgaz sohasida va tadbirkorlik tizimida faoliyat yuritgan. Oxirgi yillarda “Yevrosnar” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan. Tayinlovga qadar u “Buxoro Agro Eksport tashqi savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishda Buxoro tuman hokimi Xayrullo Jo‘rayevni lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tumani Halimjon Safarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing