Buxoro shahri aholisi suvsiz qoldi
Jamiyat
−
12 iyun 2022
12319Kecha, 11 iyun kuni Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasidan o‘tuvchi markaziy ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani tufayli shahar aholisining ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’minotchi shirkatning tunda e’lon qilgan xabariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shisha tolali hobusni diametri 700 mm bo‘lgan po‘lat quvurga almashtirish rejalashtirilgan.
“Ishlarni jadallashtirish, shaharda suv ta’minotini tiklash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi”, deyiladi xabarda.
Ta’minotchi shirkat suv ta’minoti tiklangani haqida hozircha ma’lumot bermagan.
LiveBarchasi