Telegram
Birinchi biling!
Jamiyat
−
30 mart 2022
5958Toshkent va Buxoro shahri sudyalari lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yozma arizasiga binoan hamda sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan, shuningdek, sudning obro‘siga putur yetkazadigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etgani uchun Zavqiddin Muzafarov Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
Bundan tashqari, yozma arizasiga binoan Ilhomjon Rajabov Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
LiveBarchasi