Buxoro neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinadi

Jamiyat

image

Koreyaning SK Engineering kompaniyasi O‘zbekistonda Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqdi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997 yilda ishga tushirilgan va o‘sha paytdan beri modernizatsiya qilinmagan. Uni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha Koreya kompaniyasi va “O‘zbekneftegaz” o‘rtasida shu yil aprel oyida imzolangan shartnoma doirasida tayyorlangan. 

Uning qiymati 553 million dollarga baholanmoqda va u uch bosqichda amalga oshiriladi va 2025 yilga kelib neft va gaz kondensatini qayta ishlash hajmini yiliga 2,5 million tonnagacha oshirishga imkon beradi.

Shu bilan birga, zavodda Yevro-5 standartidagi 1,2 million tonnagacha benzin, 200 ming tonna aviakerosin, 750 ming tonna dizel yoqilg‘isi va 30 ming tonna mazut ishlab chiqariladi. 

Hisobotda aytilishicha, hozirgi vaqtda loyihani amalga oshirish uchun koreys kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati ishlab chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing