Buxoro, Namangan, Surxondaryoda 2 ta. IIV tizimida 14 ta lavozimiy o‘zgarish bo‘ldi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining 29 fevraldagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 13 ta lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xo‘jaobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan mayor Nurmatov Baxodirjon Vaxobdjonovich Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Buxoro shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan podpolkovnik Rasulov Jamshid Payzullayevich Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Badalov O‘tkir Karimovich Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Abdurayimov Sobitxon Sobirovich Namangan viloyati, Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Sobitxon Abdurayimov tayinlovga qadar Namangan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Namangan viloyati, Pop tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan mayor Nu’manov Muzaffar Xabibullayevich Namangan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Surxondaryo viloyati, Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Normamatov Anvar Mamatovich viloyatning Qiziriq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Ishkarayev Mirmuxammed Abduzairovich Surxondaryo viloyati, Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Termiz shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Podpolkovnik Ergashev Olim Zakirovich Angren shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Olim Ergashev bunga qadar Toshkent viloyati IIBB Tashkiliy boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan podpolkovnik Valiyev Dilmurod Xatamovich Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan podpolkovnik Temirzaqov Abduvaxob Qo‘chqoraliyevich Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish yuritadi.

Podpolkovnik Xusainov O‘tkirbek Bozorboyevich Xorazm viloyati, Shovot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar shu yerning o‘zida boshliqning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing