Buxoro IIBdan so‘roqqa chaqirilgan yigitning o‘ligi chiqqani aytilmoqda. IIV holatni rad etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati IIB binosida 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro H.Q. vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Unda aytilishicha, marhum mashina savdosi bilan shug‘ullangan, xaridorlar bilan pul bo‘yicha muammo kelib chiqqan, IIB xodimlari bo‘limga chaqirgan. 29 noyabr kuni marhumning ukasiga telefon qilib, “akangni olib ket”, deyilgan. Marhumning ukasi IIB binosiga kelsa, “akangni tez yordam olib ketdi”, deyilgan. 

Marhumning yaqinlari tez yordam binosiga borsa, marhum allaqachon vafot etgani aytilgan. Qarindoshlarining ma’lum qilishicha, uning tanasida qiynoq va jarohat izlari, xususan bosh qismi qattiq shikastlanish bo‘lgan.

Holat bo‘yicha Ichki ishldar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, joriy yilning 28 noyabr kuni Buxoro shahar IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov guruhi yurituvida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, guvoh tariqasida jalb etilgan fuqaro Q.H. soat taxminan 15:00 larda Buxoro shahar 4-son IIBga jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish uchun kelib, lekin tergovchi xizmat vazifasi bilan boshqa joyda bo‘lganligi sababli, IIB binosiga kirmasdan, qaytib ketgan.

Fuqaroni IIB binosiga kirmasdan ketgan holati videotasvirga muhrlangan.

Shundan so‘ng fuqaro Q.H. 80 Z 015 OA davlat raqam belgili Matiz taksi avtomashinasini to‘xtatib, uni Buxoro shahridagi “Fayziobod” jom’e masjidiga olib borishini so‘ragan. Yo‘lda fuqaro Q.H.ning sog‘lig‘i yomonlashib, og‘zidan ko‘pik chiqib, hushini yo‘qotgan. Haydovchi hushsiz yo‘lovchini tezkorlik bilan Buxoro shahar shifoxonasiga yetkazgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro Q.H. shu kuni soat taxminan 21:00 larda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko‘ra, o‘lim “Tutqanoq sindromi, o‘pka va miyaga kislorod o‘tkir yetishmovchiligi” oqibatida yuz bergan. Tekshiruv jarayonida murdani badanida hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.

Holat Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing