Buxoro hokimining o‘rinbosari Voitovning o‘rnini oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 30 avgust kuni imzolagan farmoni bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Unga ko‘ra, endilikda ushbu lavozimda Nozim Xolmurodov faoliyat olib boradi. Bungacha u Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.

Nozimjon Qosimovich Xolmurodov  1977 yili Buxoro viloyati,  Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 

Ma’lumoti – oliy. 1998 yil Turkiya Respublikasi Gazi universitetini, 2005 yil  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. 

1998-2001 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi korxonalar monitoringi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlili boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i;

2001-2005 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi Korxonalar monitoringi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlili boshqarmasi boshlig‘i;

2005-2006 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi monopolist va iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va tarkibiy o‘zgartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

2006-2010 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarma boshlig‘i;

2010-2013 yillarda – Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarma boshlig‘i;

2013-2015 yillarda – O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish va tarkibiy o‘zgartirish bosh boshqarmasining moliyaviy-iqtisodiy tahlil va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish boshqarmasi boshlig‘i;

2015-2017 yillarda – Mehnat vazirligi Mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi boshlig‘i;

2017-2018 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududlarning turizm salohiyatini  rivojlantirishni muvofiqlashtirish  boshqarmasi boshlig‘i;

2018-2018 yillarda – Viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish,  erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

2018-2019 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi investitsiya jarayonlari va dasturlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri;

2019-2021 yillarda – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

2021 yildan Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Aziz Voitov Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nozim Xolmurodov

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar